19:31 / 10.09.2015
4449

Yevropa OAVlari qochqinlar masalasida “AQSh, Rossiya, Eron va Saudiya Arabistoniga bosim o‘tkazishga” chaqirdi

Germaniya, Fransiya, Italiya va Ispaniya nashrlari “muhojirlar bilan fojia”ni yengish uchun barcha imkoni bor choralarni qabul qilish va Suriyadagi urushning yakunlanishiga ta'sir qila oladigan davlatlarga bosim ko‘rsatishga chaqirdi.

Yevropaning 13 ta yetakchi nashri Yevropa Ittifoqi hukumatlariga qochqinlar bilan bog‘liq inqirozni hal qilish uchun “qat'iy choralar ko‘rishlari zarurligi” aytilgan ochiq maktub bilan murojaat qildilar.

Germaniyaning Die Zeit, Fransiyaning Liberation, Italiyaning La Repubblica va Ispaniyaning El Pais nashrlari Yevropa hukumatlarini “murakkab o‘tmishdan” voz kechib, Yevropa “hamjihatlik, tenglik va erkinlik” tamoyillariga qurilgan qit'a ekanligini namoyish etishga chaqirdi.

“Borgan sari ko‘proq odamlar urush va quvg‘inliklardan qochish maqsadida halok bo‘lmoqdalar. Biroq Yevropa oy sayin kamroq narsa qildi va borgan sari kechikib bordi. Biz qochqinlar bilan fojiani boshdan kechirmoqdamiz, biroq Yevropa hukumatlarining harakat qilishni istamasliklari jiddiy siyosiy inqirozni keltirib chiqardi”, deb yozmoqda Yevropa OAVlari.

Nashrlar o‘zlarining murojaatlarida qochqinlar bilan vaziyatni yaxshilashning bir necha usullarini taklif qildilar. Ular orasida Yevropada muhojirlar boshpana topa olishlari mumkin bo‘lgan xavfsiz usullarni ishlab chiqish taklifi bildirildi.
Bundan tashqari, maktubda muhojirlarni Yevropa davlatlari o‘rtasida adolatli taqsimlash, Suriyadagi inqiroz ta'sir qilgan Yaqin Sharqdagi davlatlarga yordamni oshirish, Suriyadagi urushni to‘xtatishga urinishlarni faollashtirish uchun AQSh, Rossiya, Eron, Saudiya Arabistoniga bosim ko‘rsatish zarurligi aytilmoqda.

Top