06:00 / 10.09.2015
1460

Gamburg Xalqaro Olimpiya qo‘mitasiga 2024 yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazish uchun ariza topshirdi

Germaniyaning Gamburg shahri Xalqaro Olimpiya qo‘mitasiga 2024 yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazish uchun rasmiy ariza topshirdi, deb xabar berilmoqda Germaniya Olimpiya sport konfederatsiyasi rasmiy saytida.

Avvalroq 2024 yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazish uchun o‘z nomzodlarini Rim (Italiya), Parij (Fransiya), Los-Anjyeles (AQSh) va Budapesht (Vengriya) qo‘ygan edi.

2024 yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazish uchun nomzodlarning yakuniy ro‘yxati 2015 yilning 15 sentabrida ma'lum qilinadi, mezbon davlat nomi esa 2017 yilda e'lon qilinadi.

Top