00:36 / 10.09.2015
5328

KUN.UZ dayjesti: 9 sentabrda ro‘y bergan eng asosiy xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 9 sentabr kuni ro‘y bergan eng asosiy xabarlarni takroran havola etamiz.

Osiyo shaxmat federatsiyasi tomonidan Islom Karimov uchun "Yil kishisi" mukofoti topshirildi>>

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovni "Yil kishisi" sifatida tan olgan Osiyo shaxmat federatsiyasi maxsus mukofotni O‘zbekiston shaxmat federatsiyasiga topshirdi.

Mukofotni topshirish marosimi BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida bo‘lib o‘tgan FIDening 86-Kongressida o‘tkazilgan. Mukofotni Osiyo shaxmat federatsiyasi prezidenti Shayx Sulton bin Halifa Al Naxyon va FIDe prezidenti Kirsan Ilyumjinov qo‘lidan O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirining birinchi o‘rinbosari Murodjon Aliyev qabul qilib olgan.

2015 yilning 8 oyida GM Uzbekistan`ning Rossiyaga sotgan avtomobillari hajmi 53 foizga kamaydi>>

Yanvar-avgust oylarida Rossiyada GM Uzbekistan qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilgan 13752 ta avtomobil sotildi.

“Dutorchi qizlar” guruhi yakkaxon xonandasi vafot etdi>>

“Dutorchi qizlar” guruhi yakkaxon xonandasi Sanobarxon Qayumova vafot etdi.

Samarqand avtobozorida savdo hajmi pasayib ketdi>>

Oxirgi bir necha oy mobaynida Samarqand avtomobil bozorida savdolar hajmi sezilarli darajada qisqarib ketdi.

Rossiya bosh vaziri Medvedev Rossiya ittifoqdosh davlatlarda aviabazalar qurishini ma'lum qildi>>

Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Rossiya Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti bo‘yicha ittifoqdosh davlatlarda yangi aviabazalar qurishga tayyorligini ma'lum qildi.

OAV: YouTube pulli bo‘ladi>>

Jahondagi yirik videoxosting —YouTube yil oxiriga qadar pulli obunani yo‘lga qo‘yadi.

Yangi xizmat birinchi navbatda faqatgina pulli obuna ro‘yxatidan o‘tgan foydalanuvchilarga mo‘ljallab videoroliklar yaratuvchilar uchun ishga tushiriladi.

Sahroi Kabirda boshlangan qum bo‘roni O‘zbekistongacha yetib keldi>>

Sahroi Kabirda boshlangan kuchli havo oqimi O‘zbekiston hududiga yetib keldi.

Qodirov Qur'oni karim suralarini ekstremizmga aloqador deb e'lon qilgan sudyani milliy dushman deya atadi>>

Checheniston yetakchisi Ramzan Qodirov Qur'oni karimning ayrim suralarini ekstremizmga aloqador deb topgan Janubiy Saxalinsk sudyasi Natalya Perchenkoni milliy dushman deb atadi.

Rossiya Tergov qo‘mitasi boshlig‘i Bastrikin Ukraina bosh vaziri Yatsenyukning Chechenistonda jang qilganini ma'lum qildi>>

Rossiya Tergov qo‘mitasi boshlig‘i Aleksandr Bastrikin “Rossiyskaya gazeta” nashriga bergan intervyusida tergov qo‘mitasida Ukraina bosh vaziri Arseniy Yatsenyukning Birinchi Chechen urushida jang qilgani haqida ma'lumotlar mavjudligini ma'lum qildi.

Las-Vegas aeroportida British Airways samolyoti yonib ketdi>>

Las-Vegasning Makkaran xalqaro  aeroportida British Airways aviakompaniyasiga tegishli Boeing 777-200 samolyoti yonib ketdi.

Turkiya sun'iy yo‘ldoshi Boyqo‘ng‘irdan uchiriladi>>

Turkiyaning Turksat 4V sun'iy yo‘ldoshi Qozog‘istondagi Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan uchiriladi. Kosmik apparat Boyqo‘ng‘irga olib kelingan, uning parvozi oktabr oyiga mo‘ljallangan.

Manba: Tojikiston terrorchilar bilan muzokara olib bormayapti>>

Tojikiston hukumati terrorchilar bilan hech qanday muzokara olib bormayapti. Bu haqda Romitda general Abduhalim Nazarzodaning tarafdorlariga qarshi aksilterror amaliyotini o‘tkazayotgan kuchlardagi manbaga tayangan holda TASS agentligi xabar bermoqda.

Kurd jangarilari Turkiya sharqidagi politsiya mahkamasini o‘qqa tutdi>>

Kurdiston ishchilar partiyasi jangarilari granatomyot orqali Turkiya sharqidagi Ag‘ri provinsiyasi politsiya boshqarmasi binosini o‘qqa tutdi. Mahalliy televideniyening xabar berishicha, bosqinchilik harakati seshanba, 8 sentabr tunida sodir bo‘lgan.

Vengriyalik telejurnalist qizchasini ko‘tarib chopayotgan muhojirni tepib yiqitgani shov-shuvlarga sabab bo‘ldi>>

8 sentabr kuni Vengriyadagi mahalliy telekanallardan birining xodimi mamlakatning Serbiya bilan chegarasidagi Rojke qishlog‘i yaqinida politsiyadan qochayotgan muhojirlardan birini tepib yiqitgani lavhasi jamoatchilikning noroziligini keltirib chiqarganidan so‘ng ishdan bo‘shatildi.

Top