18:30 / 10.09.2015
2448

Lukashenko prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tdi

Belarus markaziy saylov qo‘mitasi amaldagi davlat rahbari Aleksandr Lukashenkoni prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatga oldi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.

Lukashenko nomzodini ko‘rsatishga yo‘naltirilgan tashabbuskor guruh qo‘mitaga 1.7 mln dan ortiq imzo taqdim qildi. Bu imzolardan 99.55 foizi haqiqiy deb tan olindi.
Lukashenkodan tashqari, Belarus liberal-demokratik partiyasidan Sergey Gaydukevich, Belarus vatanparvarlik partiyasidan Nikolay Ulaxovich “Rostini gapir” kampaniyasidan Tatyana Korotkevichlar nomzod sifatida qayd qilindi.

Nomzodlardan biri Tereshchenko zaharlanganidan so‘ng 28 avgust kuni o‘z nomzodini olib tashladi.
Saylovlar 11 oktabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Top