08:59 / 10.09.2015
2101

Microsoft 1 yil ichida Isroilning 3-startapini sotib oldi

Microsoft korporatsiyasi Office paketi va bulutli ilovalar xavfsizligini oshirish maqsadida xavfsizlik bo‘yicha dasturiy ta'minot ishlab chiqaruvchi kompaniyani 250 mln dollarga sotib oldi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar bermoqda.

Shartnoma Isroilning Adallom kompaniya bo‘yicha tuzildi. Shu tariqa, Microsoft bir yil ichida Isroilning 3-startapini sotib olishi.
Adallom mahsulotlari asosan Office 365 i Enterprise Mobility Suite servislarini yaxshilash maqsadida qo‘llanadi. Startapning 3 nafar asoschisi, kiberxavfsizlik bo‘yicha armiyaning 8200 raqamli bo‘linmasi faxriylari, uyg‘unlashuv doirasida Microsoft’da ishlay boshlaydi.
2012 yili asos solingan kompaniya Salesforce.com, Box va Dropbox mahsulotlarini ishlab chiqargan. Uning shtab-kvartirasi Palo-Altoda (Kaliforniya) joylashgan, ishlab chiqarish esa Tel-Avivda amalga oshiriladi.

Undan ilgari Microsoft Isroilning matn tahlili bilan shug‘ullanuvchi Equivio va korporativ xavfsizlini ta'minlovchi Aorato kompaniyalarini xarid qilgan edi.

Top