11:03 / 10.09.2015
2053

National Geographic’ning egasi o‘zgardi

AQSh Milliy geografiya jamiyati (National Geographic Society) National Geographic jurnalining va bir qancha aktivlarining milliarder Rupertu Myordokka tegishli 21st Century Fox kompaniyasiga sotilganligini e'lon qildi.

New York Times nashrining yozishicha, shartnomaga ko‘ra, jamiyatning media-aktivlari 21st Century Fox bilan birlashadi, 73 foiz aksiyalar esa Myordokka tegishli bo‘ladi. Qolgan aksiyalar esa National Geographic Society top-menejyerlariga beriladi. Shartnoma qiymati 725 mln dollarni tashkil qildi.

Yangi National Geographic Partners kompaniyasi multimedia mahsulotlarini yaratishga asosiy e'tiborni qaratadi.

Top