12:57 / 10.09.2015
3629

Noto‘g‘ri hisoblanib, kam to‘langan pensiya gazetaga murojaatdan so‘ng o‘tab berildi

Andijon viloyatining Shahrixon tumani Nayman qishlog‘ida istiqomat qiluvchi nafaqaxo‘r Mamadali Berkinov turmush o‘rtog‘i Mo‘'tabarxon Berkinova bilan nafaqa pullarining kamayib ketganligi yuzasidan gazetaga murojaat qildi.

Gazeta tahririyati tomonidan mazkur murojaat yuzasidan moliya vazirligi huzuridagi byudjyetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Andijon viloyati boshqarmasiga xat yo‘lladi va pensiya pullarining to‘liq o‘tab berilishiga erishildi.
“M. Berkinovaning byudjyetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Shahrixon tuman bo‘limiga qilgan murojaatiga asosan mavjud hujjatlari bo‘lim mutaxassislari tomonidan qayta o‘rganib chiqilgan.

Tayinlangan pensiya miqdorini 2015 yil yanvar oyidan iyun oyiga qadar o‘tgan davr uchun qolib ketgan 394 613 so‘m pensiya pulini hamda 239 863 so‘m iyun oyi pensiyasi jami 634 476 so‘m 32 tiyin mablag‘ byudjyetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Shahrixon tuman bo‘limi tomonidan 2015 yil iyul oyi to‘lov ro‘yxatiga qo‘shib to‘lab berilganligini ma'lum qilamiz”, - dedi jamg‘armaning hududiy boshqarmasi boshlig‘i N. Ismoilov “Adolat ko‘zgusi” gazetasiga yo‘llagan maktubida.

Top