17:15 / 10.09.2015
2360

OAV: Eronning muzlatib qo‘yilgan aktivlari 92 mlrd dollarga baholanmoqda

Eronning muzlatib qo‘yilgan aktivlari 92 mlrd dollarga baholanmoqda. Bu haqda Eronning Financial Tribune nashri yozmoqda.

“Xalqaro moliya instituti hisob-kitoblariga qaraganda, Eronning xorijiy hisoblarida 92 mlrd dollar muzlatib qo‘yilgan”, - deyiladi maqolada.

Moody's xalqaro agentligi hisobotida aytilishicha, Eronga nisbatan joriy qilingan sanksiyalar bekor bo‘lgach, bu aktivlarning yarmi davlat banklarida rekapitalizatsiya qilinib, mamlakatdagi infrastuktura loyihalarga jalb etiladi.

Top