11:37 / 10.09.2015
3616

O‘zbekiston nurlanishga qarshi yangi preparat eksportchisiga aylanishi mumkin

O‘zbekistonlik farmatsevtlar nurlanishga qarshi ishlab chiqilgan yangi dori vositasini xorijga chiqarish bo‘yicha hamkor qidirmoqda.

Sputnik agentligining xabar qilishicha, Toshkent farmatsevtika instituti xodimlari nurlanish kasalligi profilaktikasiga mo‘ljallangan Kobalt-30 radioprotektorini olish texnologiyasini yaratishdi. Bu ma'lumotni ilm-fan va texnologiyalar rivojini muvofiqlashtirish qo‘mitasi tasdiqladi.
Yangi mahsulotni MDH davlatlaridagi onkologik markazlarga, shuningdek, atom elektr stansiyalari bor davlatlar va radiatsiya darajasi yuqori hududlarga eksport qilish ko‘zda tutilmoqda.

Yangi vositani ishlab chiqarishning yo‘lga qo‘yilishi nurlanishdan himoya qiluvchi vositalar assortimentini oshirish bilan birga xorijiy muqobillar importini ham bir qadar tushiradi.

Top