23:56 / 10.09.2015
3996

RBK: Rossiya aviatashuvchilarni Suriya sohillaridagi harbiy mashg‘ulotlardan ogohlantirdi

AQSh Fuqarolik aviatsiyasi federal boshqarmasi bazasida uchuvchilar uchun e'lon joylashtirilib, unda Rossiya hukumati aviatashuvchilarni 17 sentabrgacha Suriya sohillarida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazilishidan ogohlantirmoqda, deb yozmoqda RBK nashri.

Xabarda aytilishicha, uchuvchilarga Misrdan sharqqa tomondagi xavo hududida ehtiyotkor bo‘lish tavsiya qilingan.

Qayd etilishicha, Rossiya harbiy-havo flotining mashg‘ulotlari 8-17 sentabr kunlari taxminan Suriyaning Tartus shahridan 70 km uzoqlikda o‘tkaziladi.

RBKning ma'lum qilishicha, Rossiya Mudofaa vazirligi bu holat yuzasidan hozircha hech qanday izoh bermagan.

Top