21:03 / 10.09.2015
3905

Riz Uizerspun 2015 yilning eng zamonaviy aktrisasi deb topildi

People jurnali versiyasiga ko‘ra, Gollivudning taniqli aktrisasi Riz Uizerspun 2015 yilning eng zamonaviy aktrisasi sifatida tan olindi.

"Hatto ikonaning ham o‘z ikonalari bor", deb yoziladi nashrda.

Aktrisaning o‘zi ma'lum qilishicha, uni fransuz aktrisasi va modeleri Lu Duayon, qo‘shiqchi Nikki Leyn hamda aktrisa Natali Portman ilhomlantiradi. Uizerspun hamisha tashqi ko‘rinishi ularniki kabi bo‘lishini istagan va ular kabi o‘zida kuchli joziba ifodalashga uringan.

People reytingida Julianna Mur, Mindi Kaling, Elizabet Benks va Siyenna Miller nomlarini ham ko‘rish mumkin.

Bundan tashqari ushbu nashr Zoi Saldana, Rouz Birn, Emili Blant, Kirnan Shipka va Keyt Xadson kabi aktrisalarning zamonaviy kiyinishlarini e'tirof etgan.

Top