08:55 / 10.09.2015
1857

S&P Braziliyaning suveren kredit reytingini “chiqindi” bosqichiga tushirdi

Standard & Poor's xalqaro reyting agentligi Braziliyaning suveren kredit reytingini “chiqindi” bosqichiga tushirdi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar bermoqda.

“Biz Braziliyaning uzoq istiqbolli reytingini xorijiy va milliy valyutalarda tegishli tarzda BB+ va BBB- darajasiga tushirdik”, - deyiladi agentlikning rasmiy bayonotida.

Shu bilan birga, agentlik prezident Dilma Rusef ma'muriyatining tashqi qarzdorlik va siyosiy beqarorlikni bartaraf qilish yo‘lida olib borayotgan ishlarini e'tirof etdi.

Top