10:38 / 10.09.2015
5036

Sarkozi G‘arbni Rossiya bilan sovuq urushga kirmaslikka chaqirdi

Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi G‘arbning yangi sovuq urush uchun sharoitlar yaratayotganini katta xato deb hisoblaydi. Le Figaro jurnaliga bergan intervyusida u IShIDga qarshi kurashda Moskvaning yordami zarurligini ta'kidladi.

“Biz Moskva bilan sovuq urish tarixini unutishimiz kerak. Rossiyani IShIDga qarshi kurashga jalb qilish zarur. Ammo bu biz Donetskda bo‘layotgan ishlarga ko‘z yumamiz degani emas”, - dedi Sarkozi.
Uning fikricha, Rossiya Suriya inqirozi bo‘yicha jahon hamjamiyatiga o‘z ixtiyori bilan yordam berishi lozim.

Top