14:24 / 10.09.2015
1859

Tyantszindagi portlash qurbonlari soni 164 kishiga yetdi

12 avgust kuni Xitoyning Tyantszin port shahridagi texnogen ofat oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 164 kishiga yetdi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar bermoqda.
Shuningdek, yana 9 kishi dom-daraksiz ketgan, 800 kishi turli darajadagi tan jarohatlari olgan.

Portlashlar “Juyxay” logistika kompaniyasi omborlarida sodir bo‘ldi. Portlash zarbi 2 km radiusdagi uylarning oynalarini sindirdi, mingdan ortiq avtomobil yaroqsiz holga kelib qoldi.
Shundan so‘ng omborxonada yana bir qancha portlashlar sodir bo‘ldi. Ulardan eng kuchlisi trotil ekvivalentida 21 tonnani tashkil qildi.

Shahar rahbariyati voqea joyida monument yaratilishi va 24 ga hududga ega bog‘ barpo etilishini ma'lum qildi. Uylari portlashda vayron bo‘lganlarga 5 mingdan ortiq yangi uylar beriladi.

Top