Chorshanba kuni ertalab Tyumendagi ko‘p qavatli uylardan birining 4-qavatidan tushib ketgan 6 yoshli qizaloqni yo‘lovchilardan biri ilib oldi. Bu haqda shahar Ichki ishlar vazirligi matbuot-xizmatiga tayanib, "Interfaks" xabar bermoqda.
“Oynadan tushib ketgan qizaloqni tasodifiy yo‘lovchi ilib oldi”, – dedi boshqarma vakili.
Shundan so‘ng qizaloq tez yordam mashinasida shifoxonaga olib borilgan.
Ma'lum qilinishicha, 9 sentabr kuni qizaloqning buvisi uni o‘z uyiga mehmonga olib kelgan. U qizaloq uxlab yotganidan vaqtda do‘konga chiqib ketgan. Birozdan so‘ng uyg‘ongan nevara oshxona derazasini ochib, buvisini chaqira boshlagan. Biroq qaltis harakat tufayli 4-qavat oynasidan tushib ketgan.
Xabarda aytilishicha, qizaloq ham, uni qutqarib qolgan yo‘lovchi erkak ham jarohatlanmagan.
Qizaloqning buvisiga nisbatan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.