Rossiyaning Travel.ru sayyohlik nashri tomonidan sayyohlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomada «Uzbekistan Airways» aviakompaniyasi yeguliklari eng yaxshilaridan biri deb topildi.
Manbada yozilishicha, mazkur reytingda O‘zbekiston aviakompaniyasi 7-o‘rinni egalladi. Bu o‘rinni ular British Airways, Austrian Airlines Air Serbia kompaniyalari bilan bo‘lishib olishdi.
Mazkur so‘rovnomada Turkish Airlines aviakompaniyasi katta farq bilan birinchi o‘rinni egallagan. Ikkinchi o‘rin Lufthansa`ga, uchinchi o‘rin esa «Aeroflot»ga nasib qildi.