23:19 / 10.09.2015
2887

"Yandeks" Shanxayda tijoriy idorasini ochdi

"Yandeks" Xitoyning Shanxay shahrida tijoriy idorasini ochdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati ma'lum qildi.

Kompaniya vakilining ta'kidlashicha, hozircha bu idora biznes-markazda ijaraga olingan va bir necha xodimga ega idora bo‘lib, uning xodimlari soni vazifalarning ko‘payishiga qarab kengaytiriladi.

Shanxayda Rossiya bozorida ishlovchi Xitoy kompaniyalariga o‘z xizmat va mahsulotlarini Runetda rus tilida “Yandeks” texnologiyalaridan foydalangan holda ilgari surishda yordam beradigan jamoa faoliyat yuritadi. Bu kompaniyalar o‘z savdolari geografiyasini kengaytirishga qiziqish bildirgan tarmoqlar vakillaridan iborat.

“Rossiya bunday kompaniyalar uchun chegaralarning yaqinligi va mos ravishda sodda logistika hamda Xitoy mahsulotlariga onlaynda talabning oshishi hisobiga o‘ziga tortuvchi ko‘rinadi”, deb ta'kidlandi matbuot xizmatida. Hozirda “Yandeks”ga kundalik talabga ega mahsulotlar (kiyim-kechak, poyafzal, aksessuarlar), bolalar uchun mahsulotlar, mobil telefonlar va planshetlar, shaxsiy elektronika va gadjyetlar, kosmetika, avtomobil ehtiyot qismlari, mehmonxonalarni bronlash xizmati va parvozlar sotuvchilari qiziqish bildirmoqda.

Ayni paytda “Yandeks” bilan reklama sohasida JD.com, LightIntheBox va DHGate kabi onlayn-maydonlar; transport kompaniyalari (misol uchun, Hainan Airlines), ishlab chiqarish kompaniyalari (ZKTeco) hamkorlik qilmoqda.

Top