14:10 / 11.09.2015
1810

Andre Ayyu APLning avgust oyidagi eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi

"Suonsi" klubi yarim himoyachisi Andre Ayyu Angliya Premer-ligasining avgust oyidagi eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olindi. Bu haqida uelsliklar klubining tvitterdagi rasmiy akkaunti xabar tarqatdi.

Yozgi transferlar vaqtida "Marsel"dan xarid qilingan ushbu 25 yoshli ganalik futbolchi ilk mavsumdayoq jamoaga yaxshi moslashib ketdi va jamoa yetakchisiga aylandi. U to‘rtta o‘yinda maydonga tushib, 3ta gol urgan va bitta golli pas uzatgan.

Bundan tashqari, u Liga kubogida ham bir marta maydonga tushishga ulgurdi.

Top