16:57 / 11.09.2015
2773

Beeline Farg‘ona viloyatida tarmoq qoplamini kengaytirmoqda

Aloqa operatori Beeline Farg‘ona viloyati hududida tarmoq qoplami kengaygani haqida xabar beradi.

Voqeani sharhlat ekan, Unitel‘ning Sharqiy hududiy filiali direktori Sanjarbek Iminov shunday dedi: “Taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini yuksak darajada ta'minlash uchun kompaniya doimiy ravishda tarmoq qoplamini kengaytirmoqda. Tarmoqni optimizatsiya va modernizatsiya qilish bo‘yicha ishlar doimiy ravishda olib borilmoqda, bu esa abonentlarimiz Beeline‘ning yuqori sifatli Internet va ovozli xizmatlaridan foydalanishlariga imkon yaratadi”.

Qo‘shimcha moslamalar o‘rnatilishi natijasida Qo‘qon shahrida va Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumani bo‘ylab tarmoq sifati yaxshilandi.

Top