21:20 / 11.09.2015
3380

Donald Tramp 11 sentabr kuni o‘zining dushmanlariga barcha ezgu niyatlarni tilab qolgan tvitini o‘chirib tashladi

AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp o‘zining tvitterida “bu o‘zgacha 11 sentabr kuni” uni yomon ko‘radiganlarga barcha ezgu niyatlarni tilab qolgan yozuvini o‘chirib tashladi, deb xabar bermoqda PzFeed nashri.

“Men bu o‘zgacha 11 sentabr kuni hammaga, hattoki dushmanlarim va omadsizlarga ham barcha ezgu niyatlarimni tilab qolaman”, deb yozuv qoldirgan edi Tramp.

Bungacha Donald Tramp nomzodini qo‘llab-quvvatlovchi kampaniya tvitterida AQSh bayrog‘i va Trampning surati ortida natsistlar kiyimini kiyib olgan bir necha harbiy tasvirlangan promosurat paydo bo‘lgan edi.

Shuningdek, Tramp saylovchilar bilan uchrashuvi chog‘ida parik kiyib yurmasligini isbotlash maqsadida ularga sochiga tegib ko‘rishga ruxsat bergan edi.

Top