03:01 / 11.09.2015
10120

KUN.UZ dayjesti: 10 sentabrda ro‘y bergan eng qiziqarli xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 10 sentabr kuni ro‘y bergan eng muhim va qiziqarli voqealar haqidagi xabarlarni takroran havola etamiz.

Alisher Usmonov 62 yoshga to‘ldi>>

Kecha, 9 sentabr kuni rossiyalik biznesmen, federatsiyaning eng boy odami, asli o‘zbekistonlik Alisher Usmonov 62 yoshga to‘ldi.

Bloomberg Yelizaveta Ikkinchining moliyaviy holatini hisoblab chiqdi>>

Britaniya qirolichasi Yelizaveta IIning moliyaviy holati 425 million dollar (276,7 million funt)ni tashkil etadi.

Qozog‘istonlik milliarder Bodrumga 140 mln yevrolik ulkan yaxtada keldi>>

8 sentabr kuni Turkiyaning Bodrum shahridagi mashhur Yalikavak bandargohida qozog‘istonlik milliarder Alijan Ibragimovga tegishli 101 metrli ulkan IDYNASTY yaxtasi ko‘rinish bergan.

“Ko‘k boshli” urg‘ochi ayiq YouTube yulduziga aylandi>>

Boshi yorqin ko‘k rangda bo‘lgan urg‘ochi ayiq aks etgan videoyozuv YouTube videoportalida ommalashib ketdi. Bu holatni fotosuratchi Aaron Smit Kanadaning Mishn shahri yaqinida tasvirga oldi va internetga joylashtirdi.

Qozog‘istonlik Dubayda lotoreyadan 1 million dollar yutib oldi>>

Qozog‘istonlik Omar Samalikovning Dubayda sotib olgan lotoreyasiga 1 mln dollar yutuq chiqdi.

1990-yillarga qaytib yoki Tula viloyatidagi korxonalardan biri o‘z ishchilariga ish haqini g‘ishtlar bilan to‘ladi>>

Rossiyaning Tula viloyatidagi korxonalardan birida 1990-yillar tajribasiga qaytildi. Bu yillarda ish haqlari bo‘yicha qarzdorlik ishlab chiqariladigan mahsulot bilan hisob-kitob qilingan.

Kiyev politsiyasi 165 ming dollarlik Lamborghini Gallardo avtomobili oladi>>

Kiyevning patrul politsiyasi yaqin orada Lamborghini Gallardo avtomobili oladi. Bu avtomobilning bazaviy modeli narxi 165 ming dollardan boshlanadi.

2016 yilgi Ginnessning rekordlar kitobiga futbolchi kuchuk va tezyurar toshbaqa kiritildi>>

Ginnessning rekordlari kitobi yangi nashrida jonivorlar qayd etgan rekord natijalar haqidagi ma'lumotlar kiritildi. To‘plam mualliflarining ta'kidlashicha, bir yildan ziyodroq vaqt mobaynida bo‘lg‘usi rekordchilarning natijalari o‘rganildi.

«Uzbekistan Airways» aviakompaniyasi yeguliklari eng lazzatlilardan biri deb topildi>>

Rossiyaning Travel.ru sayyohlik nashri tomonidan sayyohlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomada «Uzbekistan Airways» aviakompaniyasi yeguliklari eng yaxshilaridan biri deb topildi.

AQShda o‘g‘ri o‘zganing uyidan chiqmasdanoq o‘margan buyumlarini internet orqali sotuvga qo‘ydi>>

Amerika politsiyasi birovning uyiga o‘g‘rilikka tushib, o‘margan buyumlarini o‘sha yerning o‘zida internet orqali sotuvga qo‘ygan jinoyatchini qidirmoqda.


Top