14:30 / 11.09.2015
2488

Lui van Gaal «MYu» muxlislariga jamoa bu mavsumda ham chempionlik uchun kurashmasligini ma'lum qildi

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi bosh murabbiyi Lui van Gaal Angliya chempionatining «Liverpul»ga qarshi uchrashuvi oldidan jamoasining mavsum bosh sovrinini qo‘lga kiritish imkoniyati haqida gapirib o‘tdi.

«Chempionlik? Yo‘q, to‘g‘risini aytganda biz ikkinchi yoki uchinchi o‘rinni egallay olishimiz mumkin. Ammo men kelgusi mavsumda bosh sovrinni qo‘lga kiritishni hisobga olib qo‘yganman».

«Suonsi»ga imkoniyatni boy berib qo‘yganimiz juda alamli bo‘ldi. Bu mening aybim. Siz ortiqcha xavotir olmang, biz shanba kuni «Liverpul»ni mag‘lubiyatga uchratamiz», – deya ta'kidlab o‘tdi van Gaal «MYu» muxlislari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida.

Ma'lumot o‘rnida ta'kidlab o‘tish joiz, Angliya chempionatining 4 turidan keyin «MYu» 7 ochko jamg‘argan holda jadvalning 5-pog‘onasida bormoqda.

Top