07:50 / 11.09.2015
2917

Mercedes 8 oy ichida lyuks segmentidagi savdolar bo‘yicha Audi’dan oshib ketdi

2015 yilning yanvar-avgust oylarida Mercedes-Benz avtomobilsozlik kompaniyasi 1,19 mln dona, ya'ni o‘zining raqibi Audi kompaniyasiga nisbatan 10,9 ming dona ko‘proq avtomobil sotdi. Bu haqda Bloomberg agentligi ma'lum qildi.

Shu tariqa, 8 oy natijalariga ko‘ra Mercedes avtobozorning lyuks segmentidagi savdolar bo‘yicha 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi va faqatgina 1,21 mln mashina sotgan BMW’dan ortda qolmoqda. Yillik savdolar hajmi bo‘yicha Mercedes oxirgi marta Audi’dan 2010 yilda o‘zib ketgan edi.

Ekspertlarning fikricha, Mercedes o‘z savdolarini birinchi navbatda S-sinfidagi sedan va yo‘ntanlamaslar hisobiga oshira oldi. Shuningdek, bu muvaffaqiyatga Xitoy bozoridagi yuqori ko‘rsatkichlar ham yordam berdi. Mercedes’ning bu bozordagi savdolari Audi va VWM’dan farqli o‘laroq, yil boshidan oshdi.

Top