20:27 / 11.09.2015
4067

Messi ikkinchi o‘g‘liga Benjamin emas, Mateo deb ism qo‘ydi

Lionel Messi o‘zining bugun dunyoga kelgan ikkinchi farzandiga Benjamin ismini qo‘yishi haqidagi xabar o‘z tasdig‘ini topmadi.

Messining akasi Matias tomonidan ma'lum qilinishicha, chaqaloqqa Mateo ismi qo‘yilgan.

Messi bugun «Barselona»ning mashg‘ulotida ishtirok eta olmadi. U kun bo‘yi turmush o‘rtog‘i Antonellaning yonida bo‘ldi.

Futbolchi ertaga jamoa bilan Ispaniya La ligasining 3-turi doirasida bo‘lib o‘tadigan «Atletiko»ga qarshi o‘yin uchun Madridga yo‘l oladi.

Top