10:38 / 11.09.2015
3321

Navoiyda soliq organlari tomonidan 224 reyd o‘tkazildi

Joriy yilning boshidan buyon soliq organlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari ishtirokida Navoiy viloyati bozorlari va savdo majmualarida 224 reyd o‘tkazildi. Bu haqda viloyat bozor va savdo majmualari faoliyatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i Erkin Yahyoyev ma'lumot berdi.

Uning so‘zlariga qaraganda, reydlar davomida yakka tartibdagi tadbirkorlardan 403.4 mln so‘mlik sifat sertifikatiga ega bo‘lmagan tovarlar olib qo‘yilgan.
Shuningdek, u bugungi kunda viloyatda 100dan ortiq savdo o‘rniga ega 17 bozor, savdo majmuasi va filiallar borligini aytib o‘tdi.

Top