19:06 / 11.09.2015
2982

Nyu-Yorkda 11 sentabr terakti qurbonlari xotirasi uchun 1 daqiqa sukut saqlandi

AQShning Nyu-York shahrida 14 yil muqaddam sodir etilgan terakt qurbonlarini xotirlash marosimi o‘tkazildi. Bu marosim jonli ravishda AVS telekanali orqali efirga uzatilgan.

Ushbu marosim 2001 yilning 11 sentabrida terakt tufayli vayron bo‘lgan Jahon savdo markazining egizak binolari o‘rnida bo‘lib o‘tdi.

Marosimda marhumlarning yaqinlari (marhumlarning suratlarini ko‘targan holda) va shahar aholisi vakillari ishtirok etishib, ziyoratgohga gullar qo‘yishdi.

Eslatib o‘tamiz, bundan roppa-rosa 14 yil muqaddam — 2001 yilning 11 sentabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 08:46da ekstremistlar tomonidan olib qochilgan samolyotlardan biri Nyu-York shahridagi Jahon savdo markazining Shimoliy minorasiga borib urilgan edi.

Shu kuni AQSh mudofaa vazirligining qarorgohi ham terrorchilarning nishonlaridan biriga aylangandi.
Qo‘poruvchilik harakatlari natijasida 2974 kishi (terrorchilardan tashqari) halok bo‘lgan, 24 nafari bedarak yo‘qolgan.

Ushbu fojiada AQSh va yana 91 ta mamlakat fuqarolari halok bo‘lgan.

Hodisa talofatlari tasvirlangan suratlarni ushbu link orqali tomosha qilish mumkin.

Top