19:24 / 11.09.2015
17386

OAV: general Nazarzoda Romit darasidagi harbiy amaliyot chog‘ida o‘ldirildi

Tojikistonda 4 sentabr kuni davlat to‘ntarishi amalga oshirishga harakat qilgan, mudofaa vazirining sobiq o‘rinbosari general Abduxalim Nazarzoda Romit darasida o‘tkazilgan harbiy operatsiya natijasida yo‘q qilingan. Bu haqda "Aziya Plyus" axborot agentliga asoslangan holda TASS nashri xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, yaqin vaqt ichida bu haqida Tojikiston hukumati tomonidan rasman ma'lum qilinadi.

Hozircha, Tojikiston IIB va milliy xavfsizlik qo‘mitasi bu xabarga munosabat bildirmagan.

Eslatib o‘tamiz, 4 sentabr kuni general-mayor Abduxalim Nazarzoda o‘z tarafdorlari bilan Vahdat tumanidagi militsiya bo‘limi va Mudofaa vazirligining boshqarmasi binolaridan biriga hujum uyushtirib, Dushanbedan 40 km masofadagi Romit darasiga yashiringandi.

Shundan so‘ng, Tojikiston bosh prokuraturasi isyonchi general Abduhalim Nazarzodani davlatga xiyonat qilganlikda va terrorchilikda aybladi. Uning tarafdori polkovnik Junaydullo Umarov ham shunday ayblovlar qo‘yilgan.

Isyonchining tarafdorlari sifatida qo‘lga olinganlar soni 72 nafarni tashkil etgan.

Qayd etish kerakki, bu voqealar Tojikiston mustaqilligining 24 yilligi nishonlanishi arafasida ro‘y berdi.

Top