15:47 / 11.09.2015
5336

«O‘zbekiston havo yo‘llari» YeI hududiga parvoz qilish uchun maxsus ruxsatnoma qo‘lga kiritdi

«O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi Yevropa aviatsiya xavfsizligi agentligidan (EASA) Yevropa Ittifoqi hududiga parvoz qilish uchun maxsus ruxsatnomani qo‘lga kiritdi.

Kompaniya matbuot xizmatining xabar berishicha, mazkur ruxsatnoma 2014 yilning 26 mayida YeI tomonidan tasdiqlangan Yevropa Ittifoqi davlatlariga amalga oshiriladigan parvozlar xavfsizlikni tekshirish va ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha yangi reglamentda qayd qilib o‘tilgan.

Qayd etib o‘tish joiz, mazkur ruxsatnomani olish uchun EASAga jo‘natilgan hujjatlar hech qanday qo‘shimcha topshiriqlarsiz ijobiy baho olgan va ruxsatnoma berilgan.

Top