17:01 / 11.09.2015
5108

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Kamerun bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi mumkin

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 8 oktabr kuni Bahraynga qarshi o‘tkaziladigan jahon chempionati ikkinchi saralash guruh bosqichidan o‘rin olgan rasmiy uchrashuvidan keyin o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi.

Rejaga ko‘ra, ushbu uchrashuv 13 oktabr kuni BAAning Dubay shahrida o‘tkaziladi. Hozirda bir qator futbol federatsiyalari bilan muzokara olib borilyapti. Ehtimoliy raqiblar orasida Tunis, Kamerun, Hindiston, Yangi Zelandiya kabi terma jamoalar bor. Bu haqda olamsport.com nashri xabar qilgan.

Bahrayn bilan o‘yin 8 oktabr sanasiga belgilangan. Hozircha milliy terma jamoamiz guruhda 6 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Shimoliy Koreya terma jamoasi esa 9 ochko bilan guruh peshqadami bo‘lib turibdi.

Top