21:36 / 11.09.2015
5257

Poroshenko Yevropa Ittifoqida qochqinlar sonining oshishida Rossiyani ayblamoqda

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Rossiyaning Suriyadagi harakatlari Yevropada qochqinlar sonining oshishiga olib kelayotganini aytdi. Bu haqda “112 Ukraina” telekanali ma'lum qildi. 

Poroshenko bu haqda “Yalta yevropacha strategiyasi” (“Yaltinskaya yevropeyskaya strategiya”) 12-Xalqaro iqtisodiy anjumani davomidagi nutqida aytib o‘tdi.

“Shu kunlarda Suriyaga yuzlab “yashil odamchalar” deb ataluvchi roosiyalik harbiylar kelmoqdalar hamda Yaqin Sharqda zo‘ravonlikni yuzaga keltirib va Yevropa Ittifoqiga kelayotgan qochqinlar sonining yanada oshishini keltirib chiqarmoqdalar”, deb ta'kidlab o‘tdi Poroshenko.

Poroshenkoning fikricha, Suriyada yuzlab rossiyalik harbiylar mavjud.

Top