08:16 / 11.09.2015
4607

Suriyalik muhojirni chalib yiqitgan vengriyalik jurnalistga nisbatan bezorilik bo‘yicha ish ochildi

Vengriya prokuraturasi N1TV telekanalining sobiq xodimi, qizini ko‘tarib politsiyadan qochayotgan suriyalik muhojirni chalib yiqitgan Petra Lazloga nisbatan bezorilik bo‘yicha ish ochdi. Bu haqda SVS xabar bergan.

Xabarda aytilishicha, jurnalistga nisbatan boshqa ayblovlar ham e'lon qilinishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Vengriyaning Roske shaharchasi yaqinida Serbiyadan minglab muhojirlar Vengriyaga noqonuniy ravishda o‘tish jarayonini tasvirga olayotgan Petra Lazlo ulardan bir nechasiga oyog‘i bilan zarba bergan, uning qizchasi bilan chopayotgan muhojirni tepib yiqitishi jamoatchilikning keskin noroziligiga sabab bo‘lgandi.

Biroz oldinroq, Vengriya Ichki ishlar vaziri Yanosh Lazar mavjud vaziyat tufayli mamlakatda 15 sentabrdan boshlab inqiroz holatini joriy etishni taklif qilgandi.

Top