10:20 / 11.09.2015
4231

Xalqaro ekspert O‘zbekistonda bolalarni majburiy ishlatishga qarshi choralar ko‘rilayotganini e'tirof etdi

Bola huquqlari bo‘yicha xalqaro ekspert Renate Vinter O‘zbekistonda bolalar mehnatidan foydalanishga qarshi kurashda ma'lum siljishlar borligini e'tirof etdi.

“Bolalar mehnatiga yo‘l qo‘ymaslikda siljish borligini alohida qayd etib o‘tish lozim. Mamnuniyat bilan shuni e'tirof etamanki, biz bunday holatlarni qayd qilmadik, bu o‘tgan yili XMT va boshqa xalqaro tashkilotlar o‘tkazgan monitoring natijalarini yana bir bor tasdiqlaydi”, - uning so‘zlarini keltiradi “Jahon” axborot agentligi.

2014 yil aprelida O‘zbekiston hukumati ijtimoiy hamkorlar va XMT bilan 2014-2016 yillarga mo‘ljallangan dasturni imzolagan edi. Unga ko‘ra XMT bolalar mehnatidan foydalanishni yo‘q qilish milliy dasturini qo‘llab-quvvatlagan edi.

Top