00:19 / 11.09.2015
4310

Xitoy kinoteatrlari foyda olish bo‘yicha rekord o‘rnatdilar

Xitoyda kinofilmlar namoyishidan umumiy kassa yig‘imlari rekordi o‘rnatildi. The Hollywood Reporter nashrining ma'lum qilishicha, yozgi mavsumning oxirida daromad 4,7 mlrd dollarni tashkil qildi. Bu miqdor butun 2014 yilda topilgan daromadni tashkil qilmoqda. 

2015 yilda kassa yig‘imlarining o‘sishi 50 foizni tashkil qildi. Bu Xitoy bozorini dunyoda 1-o‘ringa chiqardi. Ekspertlarning aytishicha, yil oxiriga kelib umumiy yig‘imlar 6 mlrd dollardan ko‘proqni tashkil qilishi mumkin.

Bunda Xitoy filmlarining ulushi 5 foizga oshdi va hozirda 60 foizni tashkil qilmoqda. Xitoy filmlari prokatda 2,83 mlrd dollar topdi. 2015 yilda Xitoyda eng kassabop film “Forsaj 7” bo‘ldi va 390 mln dollar yiqqan holda mutlaq rekord o‘rnatdi. 2-o‘rinni Xitoyda ishlab chiqarilgan “Maxluqqa ov” filmi egalladi, film 379 mln dollar topdi.

Xitoy bunday tendensiyalar evaziga yaqin yillarda eng asosiy dunyo prokatchilaridan biriga aylanib, AQShni ortda qoldiradi. AQShda 2015 yilda yig‘imlar 10 mlrd dollarni tashkil qildi.

Top