18:47 / 12.09.2015
3116

"Chelsi" APLning 5-turidagi safar o‘yinida "Everton"dan yengildi

APLning o‘tgan mavsumida chempion bo‘lgan "Chelsi" jamoasi yangi mavsumdagi muvaffaqiyatsiz o‘yinlarini davom ettirmoqda.

Bugun "Everton" va "Chelsi" o‘yini orqali APLning beshinchi turiga start berildi. Bu o‘yinda Joze Mourino shogirdlari 1:3 hisobida mag‘lub bo‘lishdi.

Avvaliga 9 daqiqada mezbonlar safida Beshich jarohat oldi va majburiy o‘zgarish amalga oshirilib, uning o‘rniga faxriy hujumchi Neysmit maydonga tushirildi. Aynan shu futbolchi "Chelsi" darvozasiga urilgan uch golga mualliflik qildi. Mehmonlar safida javob to‘pi esa Matich tomonidan 36 daqiqada kiritildi.

Bu mag‘lubiyatdan keyin "Chelsi" 4 ochko bilan 14 o‘rinda qolmoqda. Tur yakunlariga ko‘ra, jamoa yanada quyiga sho‘ng‘ishi mumkin.

"Everton" esa bu g‘alabadan keyin 8 ochko bilan hozircha beshinchi o‘ringa ko‘tarildi.

"Chelsi" keyingi turda o‘z maydonida Londonning boshqa bir jamoasi "Arsenal" bilan o‘ynaydi. "Everton" esa "Suonsi" maydoniga safar qiladi. Har 2 o‘yin ham 19 sentabr kuni o‘tkaziladi.

Angliya chempionati. 5-tur

Everton – Chelsi 3:1 (2:1, 1:0)
Gollar: 1:0 – 17 Neysmit, 2:0 – 22 Neysmit, 2:1 – 36 Matich, 3:1 – 82 Neysmit.
Everton – Xovard, Stounz, Gellouey, Koulmen (Funes Mori, 77), Djagelka, Berri, Beshich (Neysmit, 9), Barkli, Makkarti, Lukaku, Kone (Lennon, 72).
Chelsi – Begovich, Zuma, Aspilikueta, Ivanovich, Terri, Obi Mikel (Kenedi, 55), Matich, Fabregas (Villian, 74), Pedro (Falkao, 70), Azar, Diyego Kosta.
Ogohlantirishlar: Gellouey (65), Stounz (87), Aspilikueta (88), Diyego Kosta (90).

Top