08:43 / 12.09.2015
5703

KUN.UZ dayjesti: 11 sentabrda keng muhokamaga sabab bo‘lgan xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 11 sentabr kuni keng muhokamaga sabab bo‘lgan xabarlarni takroran havola etamiz.

Amerikalik yigit 11 sentabr hodisalari munosabati bilan kastryulka yordamida terakt sodir qilishni rejalashtirdi>>

AQSh politsiyasi Florida shtatida yashovchi 20 yoshli Josh Goldbergni Missuri shtati Kanzas-Siti shahrida terakt tayyorlayotganlikda gumon qilib qo‘lga oldi. Bu haqda Amerika adliya departamenti rasmiy saytida ma'lum qilindi.

Vengriyalik jurnalist chalib yiqitgan kishi Suriyadagi futbol klubining sobiq murabbiyi bo‘lib chiqdi>>

Vengriyalik jurnalist Petra Lazlo tomonidan politsiyadan qochib ketishga urinayotganida chalib yiqitilgan suriyalik qochqinning shaxsini aniqlandi. Uning ism-sharifi Usama al-Gadab bo‘lib, u Suriyaning Dayr-az-Zavr shahrida dunyoga kelgan.

Poroshenko Yevropa Ittifoqida qochqinlar sonining oshishida Rossiyani ayblamoqda>>

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Rossiyaning Suriyadagi harakatlari Yevropada qochqinlar sonining oshishiga olib kelayotganini aytdi. Bu haqda “112 Ukraina” telekanali ma'lum qildi. 

Donald Tramp 11 sentabr kuni o‘zining dushmanlariga barcha ezgu niyatlarni tilab qolgan tvitini o‘chirib tashladi>>

AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp o‘zining tvitterida “bu o‘zgacha 11 sentabr kuni” uni yomon ko‘radiganlarga barcha ezgu niyatlarni tilab qolgan yozuvini o‘chirib tashladi, deb xabar bermoqda PzFeed nashri.

Ramzon Qodirov muqaddas kitoblarni taqiqlashni man etishni talab qildi>>

Checheniston rahbari Ramzon Qodirov sudlarga Qur'ondagi matnlar yoki boshqa ilohiy kitoblar bo‘yicha qandaydir qaror chiqarishni man qiluvchi qonunning qabul qilinishi zarurligini aytdi. Bu haqda Qodirov o‘zining instagramida yozdi. 

OAV: general Nazarzoda Romit darasidagi harbiy amaliyot chog‘ida o‘ldirildi>>

Tojikistonda 4 sentabr kuni davlat to‘ntarishi amalga oshirishga harakat qilgan, mudofaa vazirining sobiq o‘rinbosari general Abduxalim Nazarzoda Romit darasida o‘tkazilgan harbiy operatsiya natijasida yo‘q qilingan.

2001 yil 11 sentabr: kamyob rasmlar>>

2001 yilning 11 sentabr kuni AQShning Nyu-York shahrida dahshatli terrorchilik akti sodir etildi: terrorchilar tomonidan qo‘lga olingan samolyotlarning mashhur egizak binolarga urilishi tufayli 3 mingdan ortiq odam halok bo‘ldi.

Silvio Berluskoni Qrimga keldi>>

Qayd etilishicha, italiyalik siyosatchi yarimorolga xususiy tashrif bilan kelgan bo‘lib, bu yerda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishni rejalashtirgan.

Guardian: Suriya Britaniyaning Bashar Asadni vaqtinchalik prezidentlikka tayinlash to‘g‘risidagi taklifini rad etdi>>

Suriya Britaniyaning Bashar Asadning yarim yil davomida vaqtinchalik hukumatga boshchilik qilib, so‘ngra iste'foga chiqishi to‘g‘risidagi taklifini rad etdi. Bu haqda Suriya Axborot vaziri Omran al-Zubiy The Guardian nashriga bergan intervyusida ma'lum qildi.

OAV: Seul sudi AQSh elchisiga hujum qilgan fuqaroni 12 yillik qamoq jazosiga hukm qildi>>

Janubiy Koreya sudi AQSh elchisi Mark Lippertga hujum qilgan Seul fuqarosini 12 yillik qamoq jazosiga hukm qildi, deya xabar bermoqda France Presse.

Qochqinlar Yevropa Ittifoqiga internet, GPS va ijtimoiy tarmoqlar orqali kelishmoqda>>

Iroqlik va suriyalik qochqinlar Yevropa Ittifoqiga iloji boricha tezroq va qulayroq kelish uchun internet, GPS va ijtimoiy tarmoqlardan faol foydalanmoqda, deb xabar bermoqda Al Arabiya telekanali.

Suriyalik muhojirni chalib yiqitgan vengriyalik jurnalistga nisbatan bezorilik bo‘yicha ish ochildi>>

Vengriya prokuraturasi N1TV telekanalining sobiq xodimi, qizini ko‘tarib politsiyadan qochayotgan suriyalik muhojirni chalib yiqitgan Petra Lazloga nisbatan bezorilik bo‘yicha ish ochdi.

AQSh 10 ming nafar suriyalik qochqinlarni qabul qiladi>>

AQSh hukumatning 10 ming nafar suriyalik qochqinlarni qabul qilishga qaror qilganligi sababli qo‘shimcha moliyaviy majburiyatlar hamda xavfsizlik borasidagi dastlabki chora tadbirlarni ko‘rishi lozim, deb xabar bermoqda Reuters.

iPhone 6s, 6s Plus va iPad Pro haqidagi ilk taassurotlar>>

Apple kompaniyasining sentabr oyidagi ko‘rgazmasi yangiliklarga boy bo‘ldi, desak xato bo‘lmaydi. Unda iPhone 6s va 6s Plus smartfonlaridan tashqari katta 12,9 dyuymli ekranga ega bo‘lgan iPad Pro plansheti, Siri ovozli yordamchini qo‘llab-quvvatlaydigan Apple TV hamda pushti-tillarang korpusdagi Apple Watch Sport taqdim etildi.

Makkada haj paytida kran qulashi oqibatida 100 dan ziyod ziyoratchilar halok bo‘ldi>>

Top