08:10 / 12.09.2015
6637

KUN.UZ dayjesti: 11 sentabrda ro‘y bergan eng asosiy xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 11 sentabr kuni ro‘y bergan eng asosiy xabarlarni takroran havola etamiz.

Makkada haj paytida kran qulashi oqibatida 100 dan ziyod ziyoratchilar halok bo‘ldi>>

Saudiya Arabistonida Makkada haj paytida qurilish krani qulashi oqibatida kamida 52 kishi halok bo‘ldi va 30 kishi jarohat oldi. Bunday ma'lumotlarni mamlakat fuqarolik mudofaasi vakiliga iqtibos keltirgan holda “Al-Arabiya” telekanali keltirib o‘tdi.

O‘zbekiston TIVda xalqaro shartnomalarni amalga oshirish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi>>

2015 yilning 11 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida O‘zbekistonning xalqaro shartnomalarini amalga oshirish jarayonini muhokama qilish borasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Litva O‘zbekistonga yangi elchisini jo‘natdi>>

2015 yilning 11 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Litva Respublikasining yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) Remigiyus Motuzasni qabul qildi. 

OAV: general Nazarzoda Romit darasidagi harbiy amaliyot chog‘ida o‘ldirildi>>

Tojikistonda 4 sentabr kuni davlat to‘ntarishi amalga oshirishga harakat qilgan, mudofaa vazirining sobiq o‘rinbosari general Abduxalim Nazarzoda Romit darasida o‘tkazilgan harbiy operatsiya natijasida yo‘q qilingan. Bu haqda "Aziya Plyus" axborot agentliga asoslangan holda TASS nashri xabar berdi.

Qrimda Berluskoni va Putin uchrashuvi boshlandi>>

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qrimda Italiya sobiq bosh vaziri Silvio Berluskoni bilan uchrashdi, deya xabar berdi “Interfaks”.

Rossiyada tez neytronlarda ishlovchi yadroviy reaktor qurilishi boshlandi>>

Rossiyada qurilishi boshlangan tez neytronlarda ishlovchi eng quvvatli, ko‘p maqsadli tadqiqot yadroviy reaktori (MBIR) kelajak dunyo atom energetikasi uchun zarur bo‘lgan yoqilg‘i va konstruktsion materiallarning yangi turlarini ishlab chiqish muddatlarini qisqartirish imkonini beradi, deb aytdi “Rosatom” davlat korporatsiyasi bosh direktori o‘rinbosari Vyacheslav Pershukov. 

Soliq kodeksiga o‘zgartirishlar kiritildi>>

“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik sub'yektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonu bilan Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

«O‘zbekiston havo yo‘llari» YeI hududiga parvoz qilish uchun maxsus ruxsatnoma qo‘lga kiritdi>>

«O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi Yevropa aviatsiya xavfsizligi agentligidan (EASA) Yevropa Ittifoqi hududiga parvoz qilish uchun maxsus ruxsatnomani qo‘lga kiritdi.

«Bunyodkor» shohko‘chasi va Muqimiy ko‘chasi kesishmasida yangi ko‘prik barpo etiladi>>

Toshkent shahrining Chilonzor tumani hududida joylashgan «Bunyodkor» shohko‘chasi va «Muqimiy» ko‘chalari kesishmasida («Novza» metro bekati yonida) yangi yer usti yo‘li barpo etiladi.

Barak Obama va Oq uy ma'muriyati xodimlari 9/11 qurbonlarini xotirlashdi>>

Vashingtonda 2001 yilning 11 sentabrida sodir etilgan terakt qurbonlarini xotirlash marosimi o‘tkazildi. AQSh prezidenti Barak Obama Oq uy xodimlarini ushbu marosimga boshlab bordi.

Amerika OAVlari: Rossiya Suriyaga Latakiyadagi aviabazadan yer usti nishonlariga zarba beruvchi aviatsiya yuborishga tayyorgarlik ko‘rmoqda>>

AQSh Mudofaa vazirligi so‘nggi vaqtlarda Rossiyaning "An-124" og‘ir transport samolyotlari yetti marotaba Suriyaning Latakiya shahriga reyslar tashkil etganini qayd etdi, deya xabar bermoqda Fox News Amerika hukumat tuzilmalariga asoslangan holda.

Qozog‘iston prezidentining qizi bosh vazir o‘rinbosari lavozimini egalladi>>

Dariga Nazarbayeva Qozog‘iston bosh vazirining o‘rinbosari lavozimini egalladi.

Juma, 11 sentabr kuni Nursulton Nazarboyev mazkur qarorga imzo chekdi, deya xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

Top