09:42 / 12.09.2015
5945

KUN.UZ dayjesti: 11 sentabrda ro‘y bergan eng qiziqarli xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 11 sentabr kuni ro‘y bergan eng muhim va qiziqarli voqealar haqidagi xabarlarni takroran havola etamiz.

VIDeO: Irkutsklik sportchi ayol tramvayni joyidan qo‘zg‘atdi>>

Ma'lum qilinishicha, Kosheleva Rossiyada vagonni joyidan qo‘zg‘ata olgan birinchi ayol bo‘ldi. Uning bu yutug‘i Rossiya rekordlar kitobiga kiritiladigan bo‘ldi.

“VKontakte” ijtimoiy tarmog‘ida foydalanuvchilar o‘z xususiy internet-do‘koniga ega bo‘ldi>>

Rossiya fuqarosi eshikdagi kalit bog‘ichiga osilib jon berdi>>

Rossiyaning Xakasiya respublikasi Abakan shahrida yashovchi fuqaroning o‘limi yuzasidan olib borilgan tergov natijalari uning eshikni kalit bilan ochib kirish jarayonida tasodifan bo‘yniga ilingan kalit bog‘ichiga osilib vafot etganini ko‘rsatdi, deya xabar berdi juma, 11 sentabr kuni Xakasiya Tergov qo‘mitasining tergov komissiyasi matbuot xizmati.

Xitoylik olim rossiyalik dasturchining kallasini ko‘chirib o‘tkazishga yordam beradi>>

Joriy hafta rossiyalik Valeriy Spiridonov va italiyalik Serjio Kanaveroning jamoasiga Xitoyning Xarbin tibbiyot instituti xodimi Ren Syaopin qo‘shilgani ma'lum bo‘ldi. Bu ma'lumotni Spiridonovning matbuot kotibi Nikita Barvenov tasdiqladi.

OAV: amerikalik millioner ikki yildan buyon muhojirlarni qutqarish bilan shug‘ullanib kelmoqda>>

Amerikalik millioner Kristofer Katrambone ikki yildan buyon o‘z kemasida bir necha oy O‘rta Yer dengizida suzib yuradi hamda Afrikadan Yevropaga yo‘l olgan qochqinlarni qutqarib keladi.

Olimlar: ish vaqtini soat 10:00dan oldin boshlash qiynoq bilan barobar>>

Oksford universiteti olimlari ish vaqtini soat 10:00dan oldin boshlashni qiynoq bilan qiyosladilar. “Bu organizm uchun juda katta zarardir, negaki jismoniy, ruhiy va atvoriy tomonlarga ta'sir o‘tkazadi”, - dedi loyiha ishtirokchilaridan biri doktor Pol Kelli.

So‘nggi qozoq xonining boshi qayerda?>>

“Mir” telekanalining Qozog‘iston filiali xodimlari so‘nggi qozoq xoni Kenesari Qosimovning boshini qidirib, o‘z tadqiqotlari asosida hujjatli film suratga olishdi.

Rossiyalik fotograf Instagram’dan grant oldi>>

Pskovlik suratkash Dmitriy Markov Instagram ijtimoiy tarmog‘i va Getty Images fotoagentligidan 10 ming dollar miqdorida grant yutib oldi. Bu haqda u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali ma'lum qildi.

Armanistonda 45 bola xot-dogdan zaharlandi>>

Armanistonning Ararat viloyatida maktab o‘quvchilarining ommaviy zaharlanishi sodir bo‘ldi. Bu haqda respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

GoPro Odyssey stereokamerasining narxi 15 ming dollar bo‘ladi>>

Panoramali video tushirishga mo‘ljallangan GoPro Odyssey videokamera komplektining narxi oshkor etildi. Ayni paytda unga oldindan buyurtma berish imkoniyati ochilgan.
Ammo ishlab chiqarish hajmining cheklanganligi bois stereokameraga faqat professional videochilar da'vogarlik qilishi mumkin.

LG IFA 2015da o‘zining uyda hordiq chiqarish sohasidagi strategiyasi haqida gapirib berdi>>

LG premial OLED televizorlar ishlab chiqarish segmentidagi innovatsiyalarni rivojlantirish yo‘lidan bormoqda.
Berlinda o‘tayotgan IFA 2015 ko‘rgazmasidagi chiqishida LG Electronics (LG) kompaniyasi rahbarlaridan biri kompaniyaning yil oxirigacha OLED televizorlar xaridini joriy yilning boshidagidan ko‘ra 5 barobar ko‘proq sotish va LG OLED’ni televizorlarning yangi standartiga aylantirish bo‘yicha rejalarini haqida gapirib berdi.

OAV: yil oxirigacha Ukraina Yerning aylanishidan elektr quvvati ola boshlaydi>>

“Ukrainaning yangi energiyasi” alyansi kelajakda Yerning aylanishidan elektr quvvati olish imkonini beradigan texnologiya ustida ish olib bormoqda. Bu haqda mahalliy matbuotda yozildi.

iPhone 6s, 6s Plus va iPad Pro haqidagi ilk taassurotlar>>

Apple kompaniyasining sentabr oyidagi ko‘rgazmasi yangiliklarga boy bo‘ldi, desak xato bo‘lmaydi. Unda iPhone 6s va 6s Plus smartfonlaridan tashqari katta 12,9 dyuymli ekranga ega bo‘lgan iPad Pro plansheti, Siri ovozli yordamchini qo‘llab-quvvatlaydigan Apple TV hamda pushti-tillarang korpusdagi Apple Watch Sport taqdim etildi.

Messi ikkinchi o‘g‘liga Benjamin emas, Mateo deb ism qo‘ydi>>

Lionel Messi o‘zining bugun dunyoga kelgan ikkinchi farzandiga Benjamin ismini qo‘yishi haqidagi xabar o‘z tasdig‘ini topmadi.

Putin va Berluskoni Yalta sohilbo‘yida sayr qilib, yo‘lovchilar bilan suhbatlashdilar>>

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Italiyaning sobiq bosh vaziri Silvio Berluskoni Yalta sohilbo‘yi bo‘ylab sayr qildilar, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi. Sayr paytida ular dam oluvchilar bilan suhbatlashdilar. 

Top