16:50 / 12.09.2015
5340

«Lyube» guruhining yakkaxon qo‘shiqchisi Nikolay Rastorguyev Isroildagi shifoxonaga yotqizildi

Pyatigorsk shahri ma'muriyati «Lyube» guruhining yakkaxon qo‘shiqchisi Nikolay Rastorguyev shoshilinch ravishda shifoxonaga yotqizilgani haqida ma'lum qildi.

Shahar ma'muriyatining rasmiy saytida yozilishicha, ushbu qo‘shiqchi Pyatigorsk shahrining 235 yillik yubileyi tantanalarida xizmat qilishi belgilangandi.

"Kutilmaganda «Lyube» guruhining yakkaxon qo‘shiqchisi Nikolay Rastorguyevning tobi qochib, Isroildagi shifoxonaga olib ketildi. Endi «Lyube» guruhining shahrimizdagi konserti bekor qilinadi. Tashkilotchilar va xonandaning vakillari shahar aholisidan buning uchun chin qalbdan uzr so‘raydi", deyiladi xabarda.

Shahar ma'muriyati shuningdek, Rastorguyevning tezroq sog‘ayib ketishini tilagan.

Top