Moskva metrosi 9ta stansiyasining vestibyuli ta'mirlash uchun dam olish kunlariga – 11 sentabr soat 22.00 dan 14 sentabrning tongigacha yopildi, deb xabar bermoqda “Moskva” shahar yangiliklari agentligi.
Metroning “Rimskaya”, “Krestyanskaya zastava”, “Serpuxovskaya” stansiyalari vestibyullari, “Prajskaya” stansiyasining shimoliy vestibyuli, «Otradnoye» stansiyasining janubiy vestibyuli, ”Konkovo” stansiyasining janubiy vestibyuli, “Altufevo” stansiyasining shimoliy vestibyuli, “Marksistskaya” stansiyasi vestibyuli va “Chertanovskaya” stansiyasining shimoliy vestibyuli yopildi.
Shuningdek, “Dubrovka”, “Sxodnenskaya” va “Yugo-Zapadnaya” vestibyullariga yo‘lovchilar kirishi va yerosti o‘tish joylari ham qisman yopilgan.