11:53 / 12.09.2015
3469

Og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston vakillari 5ta medalga sazovor bo‘lishdi

Tailandning Pxuket shahrida og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionati yakunlandi. Bu galgi qit'a chempionatida 29 davlatdan jami 162 nafar sportchi (106 nafar erkak – 56 nafar ayollar) g‘oliblik uchun kurash olib bordi.

Ushbu Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi tarkibidan Muattar Nabiyeva (-58 kg), Go‘zal Naimova (-69 kg), Madoy Otaqo‘ziyeva (-75 kg), Avez Idiyev (-105 kg), Ivan Yefremov (+105 kg) va Rustam Jangabayev (+105 kg) o‘rin egallashdi.

Terma jamoa hisobiga yagona oltin medalni Ivan Yefremov keltirdi. Tajribali sportchi dast ko‘tarishda 193 kg. natijani qayd etib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. Siltab ko‘tarishda 220 kg. toshni o‘ziga bo‘ysundirgan Ivan Yefremov bronza medalini qo‘lga kiritib, ikkikurash yakunlariga ko‘ra uchinchi o‘rinni band etdi. Yana ikkita bronza medalga Omadoy Otaqo‘ziyeva siltab ko‘tarishda 117 kg. natija bilan (ikkikurash yakuniga ko‘ra 4-o‘rin) hamda Avez Idiyev siltab ko‘tarishda 193 kg. ko‘rsatkich bilan (ikkikurash yakuniga ko‘ra 5-o‘rin) sazovor bo‘ldi.

Turnirda bitta oltin va 4ta bronza medalini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston terma jamoasi vakillari 15 sentabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:30da yurtimizga qaytib kelishadi.

Top