17:07 / 12.09.2015
4413

Pan Gi Mun Rossiyani BMT XKdan chiqarishni imkonsiz deb hisoblaydi

Rossiyani BMT Xavfsizlik kengashidan chiqarish texnik jihatdan imkonsiz, “har qanday g‘oya yoki rezolyutsiya kengashning barcha besh doimiy a'zosi tomonidan tasdiqlanishi lozim”. Bu haqda BMT bosh kotibi Pan Gi Mun shanba, 12 sentabr kuni “Vesti v subbotu” dasturi boshlovchisi Sergey Brilyovga bergan intervyusida ma'lum qilgan.

Avvalroq Kiyev BMT Bosh assambleyasi sessiyasida Rossiyani veto huquqidan mahrum qilish masalasini o‘rtaga tashlamoqchi ekani xabar qilingan edi.
Pan Gi Mun Kiyev va Varshava siyosatdonlarining bu haqdagi chaqiriqlaridan bexabar ekanini ma'lum qilgan.
“Mening faqatgina BMT a'zolari o‘rtasida Xavfsizlik kengashini qayta shakllantirishga chaqiruvlar soni ortayotganidan xabarim bor, – dedi bosh kotib. – Bu yerda gap Xavfsizlik kengashini yanada ochiqroq, demakratroq va ishonchliroq bo‘lishi to‘g‘risida ketmoqda. Mazkur mavzu haqiqatdan ham muhokama qilinmoqda”.

Eslatib o‘tamiz, BMT Xavsizlik kengashi raisligi 2015 yil 12 sentabrdan Rossiyaga o‘tdi. Rossiya Federatsiyasining raisligi oy so‘ngiga qadar davom etadi. Rossiya raisligi davrida BMT Bosh assambleyasining 70- sessiyasi 15 sentabr kuni jahon tashkilotining Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasida ochiladi. Sessiya doirasida 25-27 sentabr kunlari 2015 yildan so‘ng taraqqiyot sohasidagi global kun tartibini tasdiqlash rejalashtirilgan sammit bo‘lib o‘tadi. 28 sentabrda esa 150dan ziyod mamlakatlar rahbarlari va BMTga a'zo mamlakatlar hukumatlari ishtirokidagi umumsiyosiy muhokamalar boshlanadi.

Top