Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikalik boksyor kichik Roy Jonsga Rossiya fuqaroligini berdi. Kreml saytida qaror matni e'lon qilindi.
“Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasining 89-moddasi “a” bandiga binoan:
1969 yil 16 yanvarda Amerika Qo‘shma Shtatlarida tug‘ilgan Jons kichik Roy Levestaning Rossiya Federatsiyasi fuqaroligini qabul qilish to‘g‘risidagi arizasi qondirilsin”, – deyiladi qarorda.
Eslatib o‘tamiz, sobiq jahon chempioni Roy Jons Rossiyada uning rivojlanishi uchun ko‘proq imkoniyatlar mavjud ekanini ma'lum qilgan edi.