10:18 / 12.09.2015
6154

Saakashvili Ukraina iqtisodiyotini Gabon davlatiniki bilan tenglashtirdi

Ukrainaning Odessa viloyati ma'muriyati boshlig‘i Mixail Saakashvili Ukraina yalpi ichki mahsulot hajmining 184 mlrd dollardan 115 mlrd dollargacha tushib ketishini tanqid ostiga oldi.

Uning aytishicha, rivojlanishning hozirgi sur'atlarida Ukrainada avvalgi prezident Viktor Yanukovich paytidagi holatga qaytish uchun 15 yil kerak bo‘ladi. Bu haqda 12 sentabrda TASS axborot agentligi ma'lum qildi.
Siyosatchi Ukrainaning jon boshiga YaIM ko‘rsatkichini “Ukrainani qanchalik hurmat qilmasin, Gabondagidek” ekanligini aytib o‘tdi.

“Yashirin iqtisodiyot hozirgi hukumatning oxirgi 1,5 yil ichidagi faoliyati davomida 32 foizdan 47 foizgacha ko‘tarilib ketdi”, deb aytdi Saakashvili xalqaro tashkilotlar ma'lumotlariga iqtibos keltirgan holda “Shuster-Live” teleko‘rsatuvida.
Gruziyaning sobiq prezidenti mamlakat 53ta bankning yopilishi oqibatida 18,5 mlrd dollar yo‘qotganini aytib o‘tdi. U mamlakat iqtisodiyotini tiklash uchun keskin islohotlar qabul qilishga chaqirdi.

3 sentabrda Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning rasmiy saytida Saakashvilini Ukraina bosh vaziri qilib tayinlashga imzolar to‘planishi boshlandi. U 90 kun davom etadi. Saakashvilining o‘zi bu lavozimni egallashni rejalashtirmayotganini iddao qilmoqda, biroq shu bilan birga amaldagi bosh vazir Arseniy Yatsenyukni qattiq tanqid ostiga olib kelmoqda.

Top