08:46 / 12.09.2015
4423

Suriya armiyasi jangarilarning Damashqqa kirishiga to‘sqinlik qildi

Suriyalik harbiylar 300 jangarining qurshovdan chiqib ketib, Damashq tashqarisidagi Zabadoniy shahridagi hamtovoqlariga qo‘shilishga urinishini bartaraf etdi. Bu haqda RIA “Novosti” harbiy manbaga iqtibos keltirgan holda ma'lum qildi.

Manbaning aytishicha, jangarilar “Al-Qoida”ga yaqin bo‘lgan “Jibhad An-Nusra” guruhiga tegishli bo‘lishlari ehtimoli mavjud.
“Harbiylar avvaldan o‘rnatilgan portlovchi qurilmalar zanjirini portlatishlari oqibatida o‘nlab jangarilar halok bo‘ldi”, deb ta'kidlamoqda manba.

Manba Suriya armiyasi qolgan jangarilarni ta'qib etib, ularni ham yakson qilganini qo‘shimcha qilib o‘tgan.

Top