19:00 / 12.09.2015
5317

Tailandda ipak qurti pillasidan o‘q o‘tkazmas kamzul tayyorlandi

Tailandda ipak qurti pillasi hamda tabiiy kauchuk asosida tayyorlangan bronejyelet sinovdan o‘tkazildi, deya xabar bermoqda Kom chad luek.

“Kamzul nafaqat o‘qlarning inson tanasiga o‘tishiga yo‘l qo‘ymaydi, balki kinetik zarba ta'sirini ham kamaytiradi. O‘q ortga qaytmaydi, boshqa tomonga yo‘nalmaydi va kamzul to‘qimalari orasiga kirib qolmaydi”, – dedi uning ixtirochilaridan biri, Kxonken universiteti muhandislik fakulteti dotsenti Pxanomkon Kxo-Axong.

Kamzul to‘pponcha va 9-22 kalibrgacha bo‘lgan miltiq o‘qlari uchun mo‘ljallangan. Uning vazni 4 kg dan salgina oshadi, qalinligi esa 32 sm.

Top