09:35 / 12.09.2015
4713

Tom Kruz ishtirokidagi filmni suratga olish jarayonida 2 kishi halok bo‘ldi

Kolumbiyaning shimoli-g‘arbida yengil motorli samolyot halokatga uchrashi tufayli 2 kishi halok bo‘ldi va yana bir nafar kishi jiddiy jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizildi. Bu hada Bi-Bi-Si xabar bergan.

Aniqlik kiritilishicha, bu samolyot taniqli aktyor Tom Kruz ishtirokidagi "Mena" filmini suratga olish jarayonida ishtirok etayotan bo‘lgan.

Tasdiqlangan ma'lumotga ko‘ra, samolyot bortida 2 amerikalik uchuvchi va bir kolumbiyalik bo‘lgan. Uchuvchilardan biri Jimmi Li Gerland shifoxonaga olib borilgan.

Taxmin qilinishicha, ob-havo noqulayligi halokatga sabab bo‘lgan.

Top