07:55 / 12.09.2015
5268

Tramp: Putin bizning prezidentni yetarlicha hurmat qilmayapti

AQSh prezidentligiga respublikachilar partiyasidan nomzod hisoblanuvchi Donald Tramp Yalta Yevropa strategiyasi (YES) 12chi uchrashuvida telemuloqot o‘tkazdi va AQSh Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etishi kerakligi haqida gapirdi.

"Bizning prezidentimiz Putinga qarshi ojizlik qilmoqda. U Ukrainaga istaganicha yordam bera olmayapti", deydi Tramp.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Barak Obamani yetarlicha hurmat qilmayapti.

Shuningdek u ukrain xalqining irodasini e'tirof etgan va ularni yanada bardoshli bo‘lishga chaqirgan.

"Ukrainaliklarning bu vaziyatda ko‘rsatayotgan irodalariga tan beraman", deydi Tramp.

Milliarderning qayd etishicha, Ukrainada muammolar bor, dunyoning ko‘plab davlatlarida muammolar bor, jumladan AQShda ham.

Top