07:32 / 12.09.2015
2413

US Open turniri finalida Federer Jokovichga qarshi o‘ynaydi

AQShning Nyu-York shahrda yakuniga yetib borayotgan “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi US Open turnirining erkaklar o‘rtasidagi bahslarida final ishtirokchilari ma'lum bo‘ldi.

Dastlab, dunyoning birinchi raqamli raketkachisi serbiyalik Novak Jokovich, turnirning o‘tgan yilgi g‘olibi, xorvatiyalik Marin Chilichga qarshi kortga chiqdi va raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Uch set davom etgan bahsda 6:0, 6:1 va 6:2 hisoblari qayd etildi.

Yarim finalning ikkinchi bahsida esa Shveytsariyaning 2 tennischisi o‘zaro uchrashdi. Bu bahsda tajribali Rojyer Federer o‘zidan yoshroq vatandoshi Sten Vavrinkani 6:4, 6:3 va 6:1 hisoblarida taslim etdi.

Shu tariqa finalda dunyoning eng kuchli ikkin tennischisi yana bir bor to‘qnash keladi.

Ma'lumot uchun, 31 avgust kuni boshlangan AQSh ochiq chemionati 13 sentabr kuni yakunlanadi. Turnirning mukofot jamg‘armasi 42 253 400 dollarni tashkil etadi. Bahslar xard kortlarda o‘tkazilmoqda.

Top