17:11 / 12.09.2015
4565

Xitoylik ayol Bangkokdagi xalqaro ko‘rgazmaga qo‘yilgan qimmatbaho olmosni yutib yuborgani aniqlandi

Tailandning Suvannapxum aeroportida qo‘lga olingan Xitoy fuqarosi bo‘lmish ayolning oshqozonidan 227 ming dollarlik qiymatga ega olmos chiqarib olindi.

Bangkok Post nashrida yozilishicha, 6 karatli bu olmos Bangkokdagi xalqaro ko‘rgazmaga qo‘yilgach, g‘oyib bo‘lgandi.

Xitoylik Tszyan Syuylyan ismli ayol ushbu o‘ljasini yurtiga olib qaytayotganida uni surati orqali qidirayotgan politsiyachilar tomonidan to‘xtatilgan. Lekin uning yonidan olmos topilmagan.

Ayol esa o‘zini safardan qaytayotgan sayyoh kabi tutgan. Unga ishonishmagan va rentgen orqali tekshiruv o‘tkazishib, olmosni gumonlanuvchining oshqozonidaligini aniqlashgan.

Natijada, 30 yoshli xitoylik ayol o‘zining o‘g‘riligiga iqror bo‘lgan.

Top