08:18 / 13.09.2015
3358

“Normand to‘rtligi” tashqi ishlar vazirlari BMT Bosh assambleyasi davomida uchrashuv o‘tkazishlari mumkin

“Normand to‘rtligi” tashqi ishlar vazirlari Nyu-Yorkda BMT Bosh assambleyasi davomida uchrashuv o‘tkazishlari mumkin. Bu haqda Ukraina tashqi ishlar vaziri Pavel Klimkinga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi ma'lum qildi.

“Biz ekspertlar, vazirlar darajasida yana uchrashishga tayyormiz. Men Nyu-Yorkda Bosh assambleya davomida uchrashishga tayyorligimizni istisno qilmayman. Sammitgacha yana maslahatlashuvlar bo‘ladi”, deb aytgan Klimkin.

Top